Добавить
Уведомления

Bolgariyada til va millat psixologiyasi

Bolgariyada muvaffaqiyatli yashash va ishlash uchun nafaqat qonunlarni bilish, balki mahalliy aholining tili, muloqot madaniyati va ruhiyatini tushunish juda muhim. Bolgarlar samimiy, ammo o‘z an’analari va qarashlariga sodiq xalq. Munofiqlikni yoqtirishmaydi. Agar ularga biror narsa yoqmasa, buni yuzga ochiq aytishlari mumkin. Buni qo‘pollik deb emas, balki samimiyat deb qabul qilish kerak. Bolgarlarning psixologiyasida "shoshilmaslik" muhim o‘rin tutadi. Ish jarayonida ham ular dam olish va qahva ichish uchun vaqt ajratishni muqaddas deb bilishadi. Bolgariyada davlat tili — bolgar tili. Kirill yozuvida yoziladi va rus tiliga biroz o‘xshash, ammo o‘ziga xos grammatikasi bor. Ish joyingizda ko‘pchilik bolgar tilida so‘zlashadi. Kundalik so‘zlar, salomlashuv va oddiy iboralarni o‘rganish sizga katta yordam beradi. Masalan: Здравейте — Salom Благодаря — Rahmat Моля — Iltimos / Arzimaydi Извинете — Kechirasiz Ingliz tili ko‘proq yoshlar orasida mashhur. Rus tilini esa katta avlod vakillari yaxshi tushunadi. Ammo ishonchli va samarali muloqot uchun hech bo‘lmaganda asosiy bolgarcha iboralarni bilgan ma’qul. Unutmang: Til — bu faqat so‘zlashish vositasi emas. U sizning hurmatingiz, madaniyatingiz, va o‘zligingizni ko‘rsatadi. Qolaversa, mahalliy tilni o‘rganish orqali siz bolgariyaliklar qalbini zabt etishingiz va muvaffaqaiyatlarga erishishingiz mumkin! Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuz

Иконка канала Migrant.uz
1 539 подписчиков
12+
21 просмотр
4 дня назад

, чтобы оставлять комментарии